FERFOLAS
Biologik faol qo‘shimcha, temir va vitaminlar manbai, kapsulalar
Mahsulot tavsifi
Tarkibi
Mahsulot tavsifi
FERFOLAS — temir va foliy kislotasi yetishmovchiligini oldini olish va to‘ldirish uchun mo‘ljallangan biologik faol qo‘shimcha. Temir gemoglobin, mioglobin va fermentlar sintezida ishtirok etib, kislorod tashilishini hamda qon hosil bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Foliy kislotasi eritropoezni rag‘batlantiradi va homiladorlik davrida homilaning nerv naychasi nuqsonlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Askorbin kislotasi temirning ichaklarda so‘rilishini yaxshilaydi va uning biologik o‘zlashtirilishini oshiradi.
Temir tanqisligi holatlarida, homiladorlik va laktatsiya davrida, o‘sish davrida hamda tiklanish jarayonida tavsiya etiladi.
Dori vositasi emas.